"JIZZAX" EIZning vazifalari

"JIZZAX" EIZning vazifalari

"JIZZAX" EIZning vazifalari

Quyidagilar «Jizzax» erkin iqtisodiy zonasi faoliyatining asosiy vazifalari va yo‘nalishlari hisoblanadi:

  • Ichki va jahon bozorlarida raqobatbardoshli bo‘lgan yuqori qo‘shilgan qiymatga ega mahsulot ishlab chiqarish bo‘yicha zamonaviy, yuqori texnologiyali ishlab chiqarishlarni barpo etish va ularning samarali faoliyat yuritishi uchun investisiyalar, eng avvalo to‘g‘ridan-to‘g‘ri investisiyalarni jalb etish borasida qulay shart-sharoitlarni shakllantirish;
  • Erkin iqtisodiy zonaga kiruvchi mintaqaning ishlab chiqarish va resurs salohiyatidan kompleks va samarali foydalanishni ta’minlash, mineral-xom ashyo resurslarini yanada chuqur qayta ishlash bo‘yicha yangi ishlab chiqarishlarni barpo etish;
  • Erkin iqtisodiy zona va umuman respublika korxonalari o‘rtasida mustahkam kooperatsiya aloqalari o‘rnatish hamda sanoat kooperatsiyasini rivojlantirish asosida mahalliy xom ashyo va materiallar negizida yuqori texnologiyali mahsulot ishlab chiqarishni mahalliylashtirish jarayonlarini chuqurlashtirish;
  • Transport, muhandislik-kommunikatsiya va ijtimoiy infratuzilmani jadal rivojlantirish hamda ulardan samarali foydalanish, "Angren" logistika markazi salohiyatini, yuklarni avtomobil va konteynerlarda tashish borasida yaratilgan tizimni yanada rivojlantirish hamda ulardan keng ko‘lamda foydalanishni ta’minlash.