Afzalliklar
Afzalliklar
Nima uchun “Jizzax” erkin iqtisodiy zonasiga investisiya kiritish kerak?
Imtiyozlar
“Jizzax” erkin iqtisodiy zonasi hududida maxsus soliq va bojxona imtiyozlari amal qiladi.
Infratuzilma
Ishlab chiqarish va muhandislik-kommunikatsiya infratuzilmasi mavjud.
Ta’minot
Sifatli va barqaror energiya va suv resurslari ta’minoti.
Sharoit
Investorlarga xizmat ko‘rsatish uchun qulay sharoit.
Joylashuv
Geografik qulay joylashuv.
Resurs
Mineral-xomashyo resurslari mavjud.
Mehnat resurslari
Malakali mehnat resurslari.
Imtiyozlar
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2013 yil 18 martdagi PF-4516-son farmoniga muvofiq, “Jizzax” erkin iqtisodiy zonasi qatnashchilari quyidagilarni to‘lashdan ozod etiladi:
Yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig‘i;
Yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq;
Obodonlashtirish va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish solig‘i;
Kichik korxonalar uchun yagona soliq to‘lovi;
Respublika yo‘l jamg‘armasiga majburiy ajratmalar;
Qo'shimchalar
Shuningdek, Respublikada ishlab chiqarilmaydigan, loyihalarni amalga oshirish doirasida “Jizzax” MIZ hududiga Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadigan ro‘yxatlar bo‘yicha olib kiriladigan uskunalar, butlovchi buyumlar va materiallar boj to‘lovlari (bojxona yig‘imlaridan tashqari) to‘lashdan ozod qilinadi. Yuqorida ko‘rsatib o‘tilgan imtiyozlar kiritilgan investisiyalarning hajmiga qarab 3 yildan 7 yilgacha muddatga beriladi, shu jumladan ekvivalenti:
300 ming AQSH dollaridan 3 million AQSH dollarigacha bo‘lganda – 3 yil muddatga;
3 million AQSH dollaridan ortib 10 million AQSH dollarigacha bo‘lganda – 5 yil muddatga;
10 million AQSH dollaridan ortiq bo‘lganda – 7 yil muddatga beriladi.
“Jizzax” MIZ hududidagi faoliyat turlari
“Jizzax” MIZ hududida moddiy-xomashyo resurslarini qayta ishlash, maxsus industrial zona korxonalari o‘rtasida kooperatsiya aloqalarini o‘rnatish va respublika miqyosida sanoat kooperatsiyasini rivojlantirish va mahalliy xomashyo va materiallar negizida yuqori texnologiyali mahsulotlar ishlab chiqarish uchun barcha imkoniyatlar yaratilgan. “Jizzax” MIZni rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlari asosida quyidagi tarmoq korxonalarini joylashtirish mo‘ljallangan: